01:09 / 24.02.2016
3053

Pentagonning Guantanamoni yopish bo‘yicha rejalari AQShga 475 mln dollarga aylanishi mumkin

AQShning Guantanamo harbiy bazasidagi turmani yopish va u yerdagi mahbuslarning boshqa turmalarga ko‘chirilishiga sarflanadigan xarajatlar 290 mln dollardan 475 mln dollarga aylanishi mumkin, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Bu haqda Oq uyning rasmiy vakili ma'lum qildi.

Ta'kidlanishicha, xarajatlar 3-5 yil ichida qoplanadi. 35 ga yaqin mahbus boshqa davlatlarga topshiriladi.

AQSh rahbariyati Kubadagi terrorchilar uchun maxsus turmani yopish bo‘yicha rejalarini kongressga ko‘rib chiqish uchun yuboradi.

Top