14:45 / 25.02.2016
9215

«Dinamo» va «Manchester Siti» o‘yini vaqtida muxlislar Poroshenkoga hushtakbozlik qilishdi

Ukraina prezidenti Petro Poroshenko YeChL nimchorak bosqichida Kiyevning «Dinamo» va Angliyaning «Manchester Siti» jamoalari o‘rtasidagi bahsni tribunadan turib kuzatdi. Uning o‘zi bu haqda tvitterida yozgan.

U o‘yinni bir guruh harbiylar o‘rtasida o‘tirib kuzatib borgan.

Gazeta.ua nashri xabariga ko‘ra, o‘yinning ikkinchi taymi vaqtida stadion suxandoni Poroshenko o‘z o‘rnini tark etib, stadiondan chiqib ketgani haqida e'lon qilgach, muxlislar undan norozi bo‘lib, hushtakbozlik qilishgan.

Bu o‘yin mehmonlarning 3:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Javob o‘yini 15 mart kuni o‘tkaziladi.

Top