07:17 / 25.02.2016
7884

Internetda IShID jangarilari Facebook va Twitter asoschilariga tahdid qilgan video paydo bo‘ldi

Internetda IShID jangarilari Facebook va Twitter ijtimoiy tarmoqlari asoschilari – Mark Tsukerberg va Jyek Dorsiga tahdid qilgan video paydo bo‘ldi. Bu haqda Vocativ portali xabar berdi.

Portal ma'lumotlariga ko‘ra, videorolik Telegram messenjeri orqali tarqatilgan. 25 daqiqa davom etuvchi videoda Tsukerberg va Dorsi suratlariga o‘q izlari va olovli fon qo‘yilgan fotosuratlar namoyish qilinadi. Bu tahdidlar ijtimoiy tarmoqlarning internetda terrorchilik tashviqotining yoyilishini to‘xtatishga qaratilgan say'-harakatlari sababli bildirilgan.

Video IShID tarafdorlari kanallari orqali tarqatilgan.

Avvalroq Twitter bir oy ichida IShIDning xatti-harakatlari tashviqot qilingan va qo‘llab-quvvatlangan 125 mingta akkauntni yopganini e'lon qilgandi.

Top