14:06 / 25.02.2016
3336

Krishtianu Ronaldu: «Ayollar uchun Krishtianuman, erkaklar esa Ronaldu deb chaqirishgani yaxshi»

«Real» jamoasi hujumchsi Krishtianu Ronaldu o‘zini erkaklar va ayollar bir nom bilan atashini istamasligini bildirib o‘tdi.

«Meni qanday atashlarini belgilab bermoqchimasman, qanday atashlari menga muammo tug‘dirmaydi. Ammo ayollar meni Krishtianu, erakalar esa – Ronaldu deb chaqirishlarini yoqtiraman. Keyingisi (Ronaldu - tahririyat) jiddiyroq eshitiladi.

Eng yaqin do‘stlar uchun esa Krishman», — deydi Ronaldu.

Eslatib o‘tamiz, 3 marta «Oltin to‘p» sohibi bo‘lgan bu portugaliyalik futbolchining to‘liq ismi-sharifi - Krishtianu Ronaldu dush Santush Aveyru hisoblanadi.

Ronaldu: «Ertami kechmi katta kinoda ham suratga tushishimga ishonchim komil»

Ronaldu ijtimoiy tarmoqlarda 200 mln obunachi yiqqan ilk sportchiga aylandi

Top