08:26 / 25.02.2016
3579

London restoranida erkak ikki soat davomida ayolni garovda ushlab turdi

Londondagi Bella Italia restoranlar tarmog‘ining shoxobchasida qurollangan erkak 2 soat davomida bir ayolni garovda ushlab turdi. Bu haqda Sky News xabar berdi.

Voqea joyiga yetib kelgan politsiyalar zo‘ravon bilan muzokaralar o‘tkazishga kirishishgan. Hammasi bo‘lib voqea joyiga bir nechta politsiya mashinasi va o‘nlab huquq-tartibot muassasalari xodimlari kelgan. Restoran joylashgan Lester-skver ko‘chasining bir qismi o‘rab olingan, yaqin oradagi restoranlarga tashrif buyurganlarga vaziyat hal bo‘lmaguncha joylarida qolish buyurilgan.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, zo‘ravon bilan jabrdiyda bir-birini tanigan. Natijada erkak qo‘lga olingan. Jabrlanganlar haqida ma'lumotlar yo‘q.

Top