21:49 / 25.02.2016
3554

Nemis pivosida saraton keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan pestitsidlar topildi

Myunxen atrof-muhit instituti Germaniyada keng tarqalgan 14 ta pivo navini sinovdan o‘tkazdi va unda pestitsidlar borligini aniqladi, deb xabar bermoqda Spiegel nashri.

Pivoning barcha navlarida glifosat pestitsidi izi aniqlangan. Bu pestitsid butun dunyoda begona o‘tlarga qarshi kurashda ishlatilishi bilan ma'lum.

Eng ko‘p miqdorda pestitsidlar Saksoniya-Anxalt yerida joylashgan Hasseröder pivo zavodi ishlab chiqaradigan pivoda aniqlangan, uning 1 litrida 29,74 mikrogramm glifosat aniqlangan. Eng kam miqdorda esa Bavariyada ishlab chiqariladigan Augustiner pivosida aniqlangan – 1 litrga 0,4 mikrogramm.

O‘tgan yilning mart oyida Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining saratonni o‘rganish xalqaro agentligi glifosat "odam uchun kanserogen bo‘lib", saraton keltirib chiqarishi mumkinligini ma'lum qildi. Bu xulosaga epidemiologik tadqiqotlar, hayvonlarda sinovlar o‘tkazish va hujayra to‘qimasini o‘rganish asosida kelingan.

Shu bilan birga Yevropaning oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi bo‘yicha agentligi "glifosat odam uchun kanserogen xatarli bo‘lishi ehtimoli kam", degan xulosaga kelgan.

Top