13:44 / 26.02.2016
4257

“Umra-2016”: bahor mavsumining ilk ziyoratchilari O‘zbekistonga qaytdi

2016 yil 25 fevral kuni “Umra-2016” bahor mavsumining dastlabki ziyoratchilari vatanimizga qaytib kelishdi, deb xabar beradi O‘zbekiston musulmonlari idorasi rasmiy sayti.

Ularni Toshkent xalqaro aeroportida Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi mas'ullari kutib olishdi.

Ziyoratchilarimiz o‘n kun davomida Madina va Makka shaharlarida bo‘lib, tabarruk qadamjolarni ziyorat qildilar va umra ibodatini ado etdilar.

Top