15:19 / 26.02.2016
6561

Barak Obama va Dueyn Jonsonning "birlashtirilgan yuzi" internetda muhokama mavzusiga aylandi

AQSh prezidenti Barak Obama va Hollivud aktyori Dueyn Jonsonning "birlashtirilgan yuzi" internetda juda ham mashhur bo‘lib ketdi. Bu surat Imgur saytida qo‘yilgan bo‘lib, hozirgacha 920 ming martadan ortiq ko‘rilgan.

The Huffington Post nashrining yozishicha, bu suratga nisbatan "siz hech qachon undan ko‘z uza olmaysiz" deya fikr bildiriish mumkin. Yana ta'kidlanadiki "birlashtirilgan yuz"li suratlar ichida, bunisi eng yaxshi namunalardan biri.

Nashr bergan ma'lumotlarga ko‘ra, fotoshopning muallifi Imgur saytida eye2 niki bilan tanilgan Ayzek Lyuter hisoblanadi.

2009 yili Saturday Night Live shousidagi sketchda Obama rolini o‘ynagan Jonsonni o‘zi ham "birlashtirilgan yuz"ga baho berdi. U suratni o‘z instagram sahifasiga joylashtirib, suratni juda kulguli deb atadi.

"Men qayerda boshlanib, Barak Obama qayerda tugashini bilmayapman. Lekin ishonch bilan aytamanki, bu mening tishlarim", - deydi aktyor.

AQSh prezidenti bu haqda hali fikr bildirmagan, lekin ilgari Obama o‘zining Jonson bilan o‘xshashligi borligini ta'kidlab o‘tgan.

Tramp va Klintonning "birlashtirilgan yuzi" internetdagilarni junbishga keltirdi

Top