14:38 / 26.02.2016
8819

Dunyoning yashash uchun eng yaxshi shaharlari reytingida Toshkent 205-o‘rinda qayd etildi

Toshkent shahri Mercer konsalting kompaniyasi tomonidan tuzilgan, yashash uchun dunyoning eng yaxshi shaharlari qayd etilgan ro‘yxatda 205-o‘rinda qayd etildi. Ro‘yxatda dunyodagi 230ta shahar o‘rin olgan.

Mercer (Mercer Quality of Living Survey) 18 yildan buyon dunyodagi megapolislarni yashash sharoitlarini baholash bilan shug‘ullanib keladi. Reytingda 10ta mezon, jumladan, siyosiy barqarorlik, sog‘liqni saqlash, ta'lim, jinoyatchilik darajasi, bo‘sh vaqt taqsimoti va transport xizmati kabilar inobatga olinadi.

MDH davlatlari bo‘yicha eng yaxshi natijani Litva poytaxti Vilnyus qayd etgan (79 o‘rin). Shuningdek, Tallin (Estoniya, 89 o‘rin), Riga (Latviya, 90 o‘rin), Moskva (RossiyaYu 167 o‘rin) va Sankt-Peterburg (Rossiya, 174 o‘rin), Kiyev (Ukraina, 176 o‘rin), Tbilisi (Gruziya, 188 o‘rin), Minsk (Belarus, 190 o‘rin), Boku (Ozarboyjon, 197 o‘rin), Ashxabod (Turkmaniston, 208 o‘rin), Bishkek (Qirg‘iziston, 210 o‘rin), Dushanbe (Tojikiston, 214 o‘rin).

Ro‘yxatdagi birinchi o‘rin Venaga tegishli. Avstriya poytaxtidan keyin Tsyurix (Shveytsariya), Oklend (Yangi Zelandiya), Myunxen (Germaniya), Vankuver (Kanada), Dyusseldorf (Germaniya), Frankfurt (Germaniya), Jyeneva (Shveytsariya), Kopengagen (Daniya) va Sidney (Avstraliya) kabi shaharlar joylashgan.

Bu borada eng oxirgi o‘rinda esa Bag‘dod (Iroq) qayd etilgan. Shuningdek, Bangi (MAR), Sano (Yaman), Port-o-Prens (Gaiti), Xartum (Sudan), Njamena (Chad), Damashq (Suriya), Brazzavil (Kongo respublikasi), Kinshasa (Kongo) va Konakri (Gvineya) kabi shaharlar reytingning quyi o‘rinlarida keltirilgan.

Dunyoning yashash uchun eng yaxshi shahri aniqlandi

Top