15:39 / 26.02.2016
3081

Janni Infantino: «Bugun futbol kelajagi uchun hal qiluvchi kun»

FIFA prezidentligi uchun nomzodlardan biri UYeFA Bosh kotibi Janni Infantino bugungi kunni futbol kelajagi uchun hal qiluvchi ekanini ta'kidladi.

«Bugun futbol kelajagi uchun hal qiluvchi kun», deb yozadi Infantino tvitterdagi sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 26 fevral kuni Tsyurixda FIFAning yangi prezidentligi uchun saylovlar bo‘lib o‘tadi. Unda OFK prezidenti shayx Salmon bin Ibrohim Al-Xalifa, UYeFA Bosh kotibi Janni Infantino, Iordaniya shahzodasi Ali bin Al-Husayn, janubiy afrikalik Tokio Seksvale va FIFA sobiq Bosh kotibi Jyerom Shampan nomzod sifatida ishtirok etishmoqda.

Top