12:10 / 26.02.2016
2332

"Olimpiakos" va "Anderlext" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv vaqtida muxlislar to‘qnashuvi ro‘y berdi

Yevropa Ligasining 1/16 finali doirasida, Gretsiyaning "Olimpiakos" va Belgiyaning "Anderlext" jamoalari o‘rtasidagi javob o‘yini arafasida ikki jamoa muxlislari o‘rtasida to‘qnashuv kelib chiqdi. Bu haqda «Sport-Ekspress» xabar bergan.

Manbaning ma'lumotiga ko‘ra, Afina shahri markazida o‘nlab muxlislar ishtirokida ommaviy mushtlashuv sodir bo‘lgan. Politsiya olomonni tarqtib yuborishga muvaffaq bo‘lgan, mehmon jamoa muxlislaridan 6 nafari hibsga olingan, yana 4 nafar muxlis to‘qnashuv vaqtida jarohatlangani qayd etilgan.

Shuningdek, bu to‘qnashuv tufayli hududdagi bir necha restoran hamda do‘kon zarar ko‘rgan.

Top