23:15 / 26.02.2016
4161

YOUMO - birinchi modulli tarmoq filtri

Good Gadgets kompaniyasi yangi modulli tarmoq filtrini yaratdi. Kompaniya vakillarining fikricha, u chinakamiga inqilobiy yechim bo‘la oladi. Good Gadgets uskunasi nafaqat mobil qurilmalarni quvvatlashga, balki simsiz quvvat platformalari, dinamik yoki chiroq manbalari bilan qo‘shimcha modullarni yoqish imkonini beradi. Ishlab chiqaruvchining ta'kidlashicha, foydalanuvchilar tarmoq filtrini o‘zlari istagandek sozlab olishlari mumkin.

YOUMO modul dizayni bir vaqtning o‘zida bir necha qurilmalarni quvvatlay oladi. Tarmoq filtri IoT (Buyumlar interneti), USB-rozetkalari, Yevropa va Amerikaga mo‘ljallashgan rozetka uyalari bilan jihozlangan.

Qurilma yetti xil rangda va uch xil uzunlikda sotuvga chiqariladi. Bundan tashqari foydalanuvchilarga bittalik, uchtalik va beshtalik modullarning imkoni beriladi, smart-modul esa ulangan devayslarni boshqarish imkonini beradi.

Hozirgi kunda Kickstarter veb-saytida YOUMOni ishlab chiqarish uchun 55 115 dollar yig‘ish bo‘yicha kraudfanding targ‘iboti ketmoqda.

Top