19:41 / 27.02.2016
10137

Kaliforniyada 10 yoshli qiz ikki qizaloqni qutqarib halok bo‘ldi

Kaliforniyaning Leyksayd shahrida fojia sodir bo‘ldi. Kira Larsen bir va ikki yoshli kichik qizlar bilan o‘ynayotganida, tepalikda turgan Mercedes Benz rusumli mashina pastga yurishni boshlagan.

Kira beixtiyor ularni uzoqroqqa itarib yuboradi, lekin uning o‘zini mashina devorga qisib qo‘yadi. Uni tez orada shifoxonaga olib borishdi, ammo olingan tan jarohatlar tufayli u halok bo‘lgan.

Qo‘shnilar Kirani qahramon deb atayshmoqda, u qutqargan qizlarning onasi esa Alissa Jyenkins undan cheksiz minnatdor.

«U har doim bolalarimning farishta-qo‘riqchisi edi. Mening ikki bolam bor va ular bir zumda yo‘q bo‘lishlari mumkin edi, lekin u aralashib o‘z qo‘lidan ishni ya'ni atrofdagilarni himoya qildi», deydi Alissa.

Hozirda politsiya mashina nima sababdan tepalikdan pastga yurib ketganini aniqlash uchun tergov olib bormoqda.

GoFundeMe saytida Kiraning oilasi uchun xayriya mablag‘i yig‘ilmoqda va hozirki kunga kelib 64 ming dollar xayriya yig‘ilgan.

Top