15:19 / 27.02.2016
2116

«Arsenal» 2015 yilning ikkinchi yarmidagi ziyoni 3,4 mln funtni tashkil etdi

«Arsenal» 2015 yilning ikkinchi yarmi bo‘yicha moliyaviy hisobotini e'lon qildi.

Unga ko‘ra, jamoaning faoliyati orqali bu davrda 158 mln funt ishlab topilgan (teletranslyatsiyalardan kelgan pullar, UYeFA ajratgan ulushlar va homiylik mablag‘lari).

Futbolchilar transferi orqali ko‘rilgan daromad - 300 ming funt (1 yil oldingi ko‘rsatkich – 27,6 million funt). Yangi futbolchilarning qaydnomaga kiritilishi orqali olingan amortizatsiya mablag‘lari - 29,2 mln funt.

Barcha soliqlar to‘langanidan keyin jamoaning ziyoni 3,4 mln funt bo‘ldi (1 yil oldingi ko‘rsatkich 6,2 million funt foyda).

«Arsenal»da qisqa muddatda qaytarish talab etiladigan qarzlar mavjud emas. Umumiy qarzlar uchun ajratilgan mablag‘lardan tashqari pul zaxiralari miqdori 135,9 million funtni tashkil etadi.

Jamoadagilar 2015 yil natijalaridan to‘la qoniqish hosil qilishgan va kelgusi moliya yilida APLdagi o‘yinlar teletranslyatsiyalaridan keladigan katta mablag‘lar evaziga mo‘may daromad ko‘rishni rejalashtirishgan.

Bundan oldinroq, rossiyalik milliarder Alisher Usmonov o‘zining "Arsenal" jamoasidagi ulushini 14 foizdan 30 foizga oshirgani haqida xabar qilingandi.

Top