18:32 / 27.02.2016
2304

Janni Infantino: «FIFA prezidentligida ikkinchi muddatga ham qolishni istayman»

FIFAning yangi prezidenti Janni Infantino ma'lum qilishicha, u ikkinchi muddatga ham tashkilot rahbarligida qolmoqchi.

«2019 yilgi saylovda ham g‘alaba qilamanmi, yo‘qmi bilmayman. Lekin ikkinchi muddatda ham FIFA prezidenti bo‘lishni istayman. Dunyo futboli rivojlanishiga o‘z hissamni qo‘shmoqchiman.

Menda Platiniga qaytaradigan javoblarim bor. Men uni o‘z nutqlarimda eslab o‘tganmanmi? Men odatda ismlarni ishlatmayman. Hozir esa Platiniga menga o‘z vaqtida ko‘rsatgan yordamlari uchun rahmat aytaman», – deydi Infantino.

Eslatib o‘tamiz, tashkilotda o‘tkazilgan islohotga ko‘ra FIFA prezidentining vakolatlari kamaytirilgan. Endilikda Infantino yana 2 marta FIFA prezidentligi uchun saylovda nomzod sifatida ishtirok etishi mumkin.

Top