17:59 / 27.02.2016
3610

Samsung yangi smartfonlari savdolari boshida 17 mln ta Galaxy S7 va Galaxy S7 Edge sotmoqchi

MWC 2016 ko‘rgazmasida Samsung kompaniyasi yangi flagman smartfoni Galaxy S7’ni namoyish qildi. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Samsung savdolarning birinchi choragida 17 mln ta Galaxy S7 va Galaxy S7 Edge qurilmasidan sotmoqchi. Kompaniya yangi qurilmaga qiziqish o‘tgan yildagi Galaxy S6 va ommaviy Galaxy S4’dan ko‘proq bo‘lishiga ishonch bildirmoqda. Kompaniya mart oyida 7,7 mln dona, aprelda esa yana 4,5 mln dona Galaxy S7 va Galaxy S7 Edge ishlab chiqarmoqchi.

Barselonadagi ko‘rgazmada Samsung foydalanuvchilar va kompaniya hamkorlaridan yangi qurilmaga katta qiziqish bildirilganini ma'lum qildi. Shuningdek, Galaxy S7 va Galaxy S7 Edge smartfonlari 6:4 nisbatda ishlab chiqarilishi ma'lum bo‘ldi.

Top