08:20 / 27.02.2016
1901

Somalidagi mehmonxonaga hujum qurbonlari soni 14 kishiga yetdi

Somali poytaxti Mogadishodagi mehmonxonaga jangarilar uyushtirgan hujum oqibatida halok bo‘lganlar soni 14 kishiga yetdi, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi.

Ta'kidlanishicha, halok bo‘lganlar orasida 9 nafar fuqaro va 5 nafar jangari bor. Shuningdek, 30 kishi jarohat olgan.

Mahalliy politsiyada aytilishicha, terrorchi-xudkush mehmonxonaga kiraverishda avtomobilni portlatgan, shundan keyin "Ash-Shabob" guruhi jangarilari bino ichiga bostirib kirgan.

Avvalroq 9 kishi halok bo‘lgani ma'lum qilingandi.

Top