20:03 / 27.02.2016
13085

Telegram’ning yangi versiyasida qanday o‘zgarishlar bor?

Mashhur messenjerlardan biri bo‘lgan Telegram’da navbatdagi katta “yangilanish” bo‘ldi. U asosan kanallar bilan bog‘liq.

Telegram’ning yangi versiyasida quyidagi o‘zgarishlar mavjud:

- Ommaviy kanallardagi alohida postning havolasini ko‘chirib olish

- Ommaviy kanallarda “shovqinsiz” xabarlarni chiqarish (bu xabar haqida foydalanuvchilarga bildirgi bormaydi)

- Ommaviy kanaldagi xabarlarga administrator imzosini qo‘shish

- Ommaviy kanalda chiqib bo‘lgan postlarni qayta tahrirlash

- Bot orqali kelgan xabarni boshqa ilovalar orqali bo‘lishish

- Stikerlarni yuborishdan oldin to‘liq ekran rejimida ko‘rish

Avvalroq, Telegram asoschisi Pavel Durov messenjerning oylik faol foydalanuvchilari 100 mlndan oshganini ma'lum qilgan edi.

Top