17:44 / 27.02.2016
5605

Toshkentda og‘ufurush ayol fosh etildi

Samarqand viloyatida tug‘ilgan, qilgan jinoyati uchun muqaddam sudlangan, Toshkent shahri, Chilozor tumanida yashovchi fuqaro xonadonida giyohvandlik moddalarini sotish uchun saqlab kelgani oshkor bo‘ldi.

"Chilonzor tumani IIB JQ va UJQKB xodimlari tomonidan tegishli tartibda o‘tkazilgan tekshiruv chog‘ida aylanuvchi ayolning uyidan gazetaga o‘ralgan 300 dona marixuanna giyohvandlik moddasi topildi", deb yozadi “Ogoh” nashri.

Aniqlanishicha, ayol giyohvandlik moddasini bir necha shaxsga pullashga ulgurgan.

“Oq ajal” savdosi bilan shug‘ullanib, ham o‘zining, ham boshqalarning hayotini izdan chiqaradigan jinoiy faoliyat bilan shug‘ullangan ayblanuvchiga nisbatan tegishli moddalarga muvofiq jazo tayinlandi.

Top