16:32 / 28.02.2016
3381

Afg‘on harbiylari «Tolibon»ning qirqta a'zosini yo‘q qilishdi

Afg‘oniston milliy xavfsizlik xizmati vakillari «Tolibon»ning qirq nafar jangarisini yo‘q qilishdi. To‘qnashuv Farah provinsiyasida bo‘lib o‘tgan. Unda ellikka yaqin harbiy jarohat olgan.


Rasmiy Qobul «Tolibon» vakillariga tinchlik shartnomasini taklif qilmoqda. Muzokaralar Pokiston poytaxti Islomobodda bo‘lib o‘tmoqda. Shu kunlarda «Tolibon» juda ko‘p qo‘poruvchiliklarni amalga oshirdi. Bundan tashqari mamlakat hudududida IShIDning ham jangaralari ko‘payib ketgan. Bundan tashqari bu ikki terrorchi guruh bir-biriga raqobatchi bo‘lgani uchun ularning o‘zaro to‘qnashuvlari ham kuzatilib turibdi.

Top