20:31 / 28.02.2016
3050

Bag‘doddagi bozorda portlash oqibatida 24 kishi halok bo‘ldi

Iroq poytaxti Bag‘dodda ikkita bomba portlashi oqibatda 24 kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda politsiya va tibbiyot muassasalaridagi manbalarga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi.

Manbalar ma'lumotlariga ko‘ra, portlashlar asosan shialar yashaydigan Madinat-as-Sadr tumanida joylashgan, odamlar gavjum bo‘ladigan mobil telefonlar bozorida sodir etilgan.

Ma'lum qilinishicha, yana 60 dan ko‘proq kishi jarohat olgan. Portlashlar uchun javobgarlikni hozircha hech bir terrorchilik guruhi o‘z zimmasiga olmadi. Politsiya qurbonlar soni oshishi mumkinligini ta'kidlamoqda.

Agentlikning ta'kidlashicha, bunday hududlarda asosan IShID jangarilari teraktlar uyushtiradi.

Top