10:03 / 28.02.2016
5742

Karkidon safari-bog‘da sayyohlar mashinasiga hujum qildi

Namibiyadagi Etosh milliy bog‘ida ko‘ngilsiz voqea yuz berdi. G‘azablangan karkidon sayyohlar ketayotgan jipga hujum qildi. Bu holat aks etgan video xorijiy OAVlarda chop etildi. Daily Mail nashrining xabar berishicha, baxtli tasodif hech kim jabrlanmagan.

Videoda karkidon Toyota yo‘ltanlamasiga hujum qilayotgani tasvirlangan. Karkidon yugurib kelib, shohi bilan jipga zarba bergan va ortiga tisarilib, yugurgancha yana bir marta zarba bergan.

Jip egasi o‘zini yo‘qotib qo‘ymay, shu ondayoq gaz tepkisini bosib qochib qolishga muvaffaq bo‘ldi. Mahalliy gidlardan birining aytishicha, bunday voqealar kamdan-kam yuz beradi, biroq Afrika janubida yashaydigan qora karkidonlar juda qiziqqon hisoblanadi.

Top