13:49 / 29.02.2016
2304

BMT qamaldagi 154 ming suriyalikka yordam yetkazishni rejalashtirmoqda

BMT xodimlari yaqin besh kun ichida qamal qilingan tumanlarda yashovchi 154 ming suriyalikka yordam yetkazishni rejalashtirmoqda. Bu haqda tashkilotning Suriyadagi koordinatori Yakuba el Hillo e'lon qilgan.

«Biz shunga aminmizki, jangovar harakatlarning to‘xtatilishi va gumanitar yordamning yetkazilishining o‘zi Suriyadagi inqirozni to‘liqligicha tugata olmaydi, agar ular jiddiy siyosiy kuchlar va qarorlar bilan qo‘llab-quvvatlanmagan bo‘lsa», — deb ta'kidladi Hillo.

Uning so‘zlariga ko‘ra, tashkilot yordamni 154 ming kishi joylashgan Muadamiya, Zabadani, Madaya, El-Fua va Kefrayya va Kafr-Batnuga yetkazishni rejalashtirmoqda.

Top