19:46 / 29.02.2016
4236

Di Kaprio «Oskar» olgan vaqtda, daqiqasiga 440 mingta tvit yozildi

88-marta o‘tkazilgan «Oskar» mukofoti taqdimotida mashhur aktyor Leonardo Di Kaprio birinchi marotaba «Eng yaxshi aktyor» nomiga sazovor bo‘ldi.

U bu «Oskar» mukofoti uchun olti marta nomzodlar qatoridan o‘rin egallab, va nihoyat unga erishdi. Uning nomi e'lon qilingan payt esa mukofot topshirish marosimi tarixidagi eng ko‘p tvitlangan voqea bo‘ldi.

Di Kaprio nomi e'lon qilingach, Twitter foydalanuvchilari bu haqda daqiqasiga 440 mingtadan tvit qoldira boshlagan. Shuningdek, ushbu jarayon haqida Facebook'da ham eng ko‘p post qoldirilgan.

Bungacha esa «Oskar» topshirish marosimida eng ko‘p tvitlangan voqea Ellen Dedjyeresning 2014-yildagi yulduzli selfisi bo‘lgan edi.

Eslatib o‘tamiz, «Oskar» mukofoti sovrindorlarining to‘liq ro‘yxati bilan ushbu xabarimizda tanishishingiz mumkin.

Top