07:51 / 29.02.2016
3642

Ikki kartinaga "Eng yaxshi ssenariy" yo‘nalishida "Oskar" berildi

Los-Anjyeles shahrida, Dolby Theatre saroyi zalida 88 marta Gollivudning har yilning eng yaxshilari uchun "Oskar" mukofotlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tmoqda. Marosim ABC kanalidan translyatsiya qilinmoqda.

Katolik cherkovidagi jinoyat ustidan jurnalist tergovi olib borish haqidagi "Diqqat markazida" filmi eng yaxshi moslashtirilgan ssenariy nominatsiyasida "Oskar" ga sazovor bo‘ldi.

Eng yaxshi original ssenariy nominatsiyasi bo‘yicha esa "Qulatuvchi o‘yin" filmi Oskarni qo‘lga kiritdi.

Mukofotni olishga Tom Makkarti va Josh Singer, hamda ssenariynavislar Charlz Rendolf va Adam Makkey chiqishdi. Bundan tashqari Makkarti va Makkey yuqorida aytilgan filmlar rejissyorligi bo‘yicha ham Oskarga nomzod hisoblanishadi. Shuningdek, "Diqqat markazida" va "Qulatuvchi o‘yin" filmlari yilning eng yaxshi filmi mukofotiga nomzodlik qilishadi.

Top