19:18 / 29.02.2016
2827

Internetda Aston Martin’ning yangi superkarining rasmiy suratlari paydo bo‘ldi

Carscoops nashri Aston Martin britan markasining yangi superkari Aston Martin DB11 modelining rasmiy suratlarini chop etdi. Bu yangi mashina Jyeneva avtosalonida namoyish qilinadi. Kupe Aston Martin’ning turbonadduvli dvigatel bilan jihozlangan birinchi modeli bo‘ladi.

Suratlarga ko‘ra, yangi mashina josus Jyeyms Bond haqidagi yangi film – "Spektr" uchun maxsus yasalgan DB10 superkari uslubida bajarilgan.

Hozircha mashinaning intereri suratlari olinmagan. Model 5,2 litrli 12 silindrli, 600 ot kuchiga ega tvin-turbo dvigateli bilan jihozlanadi. Shuningdek, motorlar qatoriga Mercedes-Benz’ning 4 litrli 8 silindrli biturbo dvigateli ham kirishi mumkin.

Ikki eshikli model "Mersedes"ning elektronikasi va interer elementlarini oladi. Kompaniyalar 2013 yilda hamkorlik haqida kelishuv imzolashgan.

Jyeneva avtosaloni 3-13 mart kunlari bo‘lib o‘tadi. Aston Martin DB11 kupesi avtosalonning matbuot kuni – 1 martda namoyish qilinishi kerak.

Top