08:12 / 29.02.2016
3874

Ispaniya chempionati: "Barselona" "Sevilya"ni, "Atletik" "Valensiya"ni yengdi va boshqa natijalar

"Barselona" Ispaniya chempionatining 26-turi doirasida murakkab kechgan o‘yinda irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi. "Sevilya"ga qarshi kechgan bahsda kataloniyaliklarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi qayd etildi.

Birinchi bo‘limning 20-daqiqasida andalusiyaliklar hisob ochishdi. Kron-Deli chap qanotdan yetkazgan uzatmani Vitolo darvozaga joyladi.

Oradan 11 daqiqa o‘tib, Lionel Messi jarima zarbasini golga aylantirib, hisobni tenglashtirdi.

84 daqiqada esa Pike burchakdan uzatilgan to‘pni darvozaga joylab, hisobni 2:1 ko‘rinishiga keltirdi. Shundan so‘ng hisob o‘zgarmadi.

Qiyin kechgan o‘yinda "Barselona" muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi va "ko‘k-anorranglilar" "Atletiko" bilan farqni 8, "Real" bilan farqni esa 12 ochkoga yetkazishdi.

Barselona – Sevilya 2:1 (1:1, 1:0)
Gollar: 0:1 – 20 Vitolo, 1:1 – 31 Messi, 2:1 – 48 Pike.
Barselona – Bravo, Mate, Pike, Alba, Aleish Vidal (Dani Alves, 55), Serji Roberto (Rakitich, 75), Buskets, Turon (Inesta, 64), Neymar, Messi, Suares.
Sevilya – Riko, Rami, Tremulinas, Koke, Kolodzeychak, Nzonzi, Kristoforo (Konoplyanka, 63), Iborra (Munos, 75), Vitolo, Kron-Deli, Gameyro.
Ogohlantirishlar: Rami (30), Dani Alves (71), Serji Roberto (74), Kolodzeychak (77), Pike (90).

"Valensiya"ning ichki birinchilikdagi omadsizliklari davom etmoqda. Bu safar Gari Nevill shogirdlari "Atletik"dan o‘z maydonida 0:3 hisobida mag‘lub bo‘lishdi. Endilikda "ko‘rshapalaklar" 31 ochko bilan 12 o‘rinda joylashgan. Sakkizinchi o‘rindagi "Atletik" hisobida esa 38 ochko bor.

Valensiya – Atletik 0:3 (0:0, 0:3)
Gollar: 0:1 – 73 Sabin Merino, 0:2 – 77 Muniain, 0:3 – 80 Aduris.
Valensiya – Diyego Alves, Joau Kanselu, Mustafi, Aderlan Santos, Gayya, Peres (Pyatti, 76), Santi Mina, Parexo, Andre Gomesh, Cheryshev (Feguli, 70), Negredo (Pako Alkaser, 58).
Atletik – Iraysos, Boveda, Echeyta, Laport, Balensiaga, Elustondo (San Xose, 63), Benyat, De Markos (Aduris, 68), Mikel Riko, Muniain (Susayeta, 83), Sabin Merino.
Ogohlantirishlar: Andre Gomesh (43), Joau Kanselu (54).

"Vilyarreal" esa o‘z maydonida "Levante"ni qabul qildi. "Sariq suvosti kemasi" raqib darvozasiga javobsiz 3ta to‘p kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Ushbu g‘alabadan keyin "Vilyarreal" o‘z ochkolarini 52taga yetkazdi. Jamoa endi 3-o‘rinda borayotgan "Real Madrid"dan atigi 2 ochko ortda bormoqda.

Vilyarreal – Levante 3:0 (2:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 12 Baptistao, 2:0 – 30 Kastilexo, 3:0 – 48 Adrian.
Vilyarreal – Areolya, Musakko (Ruis, 46), Marin, Bayi, Bonera, Kastilexo, Soriano, Matias Nauel, Trigeros (Pina, 70), Adrian (Bakambu, 73), Baptistao.
Levante – Marino, Medjani, Navarro, Tono, Verdu (Kuero, 54), Lerma, Versa, Simau, Morales (Shumetra, 72), Deyverson, Rossi (Kamarasa, 54).
Ogohlantirishlar: Navarro (27), Lerma (39), Versa (44).
Chetlatish: Navarro (56).

Deportivo – Granada 0:1 (0:1, 0:0)
Gol: 0:1 – 24, penalti El-Arabi.
Deportivo – Lyuks, Xuanfran (Guterres, 83), Arribas, Navarro, Luizinyu, Bergantinos (Riyera, 63), Moskera, Borxes (Rodriges, 89), Fajr, Peres, Luis Alberto.
Granada – Fernandes, Lopesh, Baben, Koshta, Biragi, Rochina (Barral, 80), Krxin, Dukure, Saksess (Lomban, 90), El-Arabi, Penyaranda (Mendes, 59).
Ogohlantirishlar: Xuanfran (23), Navarro (32), Mendes (85), Koshta (88), Fernandes (90).
Chetlatish: Lyuks (90).

Top