08:50 / 29.02.2016
4480

"Boshqotirma" multfilmi "Oskar"ni qo‘lga kiritdi

Pixar studiyasining to‘liq metrajli multfilmi "Boshqotirma" AQSh kinoakademiyasining "Oskar" mukofotiga sazovor bo‘ldi.

Shuningdek, bu nominatsiya bo‘yicha Britaniya va Fransiyaning "Qo‘zichoq Shon", Braziliyaning "Bolakay va dunyo", "Anomaliza" va "Marnining xotiralari" multiplikatsion filmlari taqdim qilingan edi.

AQSh kinematografiya ilmi va san'ati bo‘yicha mukofot 24 nominatsiya bo‘yicha topshiriladi. Sovrindorlar qo‘lida qilich ushlab, kinoplenka g‘altagi ustida turgan Ritsar shaklidagi haykalchani qo‘lga kiritishadi.

Top