17:46 / 29.02.2016
9497

Manba: Moskvada 4 yoshli bolani o‘ldirgan enaga giyohvand modda ta'sirida bo‘lgan

Moskva shimoli-g‘arbidagi xonadonlardan birida 4 yoshli qizchani o‘ldirganlikda gumon qilinib, qo‘lga olingan, asli o‘rta osiyolik noqonuniy muhojir Gulchehra Boboqulova bu harakatini giyohvand modda ta'sirida amalga oshirgan. Bu haqda "Interfaks" xabar bergan.

Rossiya Tergov qo‘mitasining poytaxt bo‘yicha bo‘limi vakili Yuliya Ivanovaning ma'lumotiga ko‘ra, qo‘lga olingan ayol psixokriminalistlar nazoratidan o‘tkazish uchun yuborilgan.

Bundan oldinroq, o‘z qaramog‘idagi 4 yoshli go‘dakni vahshiylarcha o‘ldirgan bu ayolga nisbatan jinoiy ish ochilgani haqida xabar berilgandi. U 1977 yilda O‘rta Osiyo respublikalaridan birida tug‘ilgani haqida ma'lumot mavjud.

Bu ayol bolaning kesib olingan boshi bilan metro bekati atrofida o‘zini portlatib yuborish haqida tahdid qilayotgan paytda qo‘lga olingan.

Moskvada 4 yoshli bolani o‘ldirganlikda gumonlangan ayol qo‘lga olindi

4 yoshli qizni o‘ldirganlikda gumon qilinayotgan ayolning shaxsi aniqlandi

Top