19:20 / 29.02.2016
13802

OAV: Peres Zidanning o‘rniga boshqa murabbiy topib qo‘ydi

Ispaniyaning «Real» klubi prezidenti Florentino Peres jamoa bosh murabbiyi Zinedin Zidanni iste'foga chiqarish niyatida bo‘lib turibdi. Bu haqda Sport.es nashri xabar tarqatdi.

Katalon nashri bergan ma'lumotga ko‘ra, fransuz mutaxassisining kelgusidagi faoliyati jamoaning Yevropa chempionlar ligasidagi ishtirokiga bog‘liq bo‘lib qolmoqda.

Agar poytaxt klubi yevrokuboklar mavsumini ham erta yakunlaydigan bo‘lsa, Peres Zidan o‘rniga «Atletik» bosh murabbiyi Ernesto Valverdeni taklif qilishni rejalashtirgan. Basklar murabbiyini Peres o‘tgan yil yozda Karlo Anchelottini ishdan bo‘shatgach, olib kelishni niyat qilgan, biroq oxir-oqibat Rafael Benites nomzodiga to‘xtalgandi.

Qayd etib o‘tish joiz, Peres «Real» prezidenti sifatida 13 yillik faoliyati davomida 10 marta jamoa bosh murabbiylarini almashtirgan.

Zayniddin Zidan: «Balki kelasi mavsum «Real»da yangi murabbiy bo‘lar»

Peres Zidanga ishonch bildirishda davom etadi va transferlar siyosatida erkinlik beradi

Top