11:40 / 29.02.2016
12359

«Oskar - 2016»: G‘oliblarning to‘liq ro‘yxati

AQShning Los-Anjyeles shahridagi «Dolbi» kinoteatri saroyida 88-«Oskar» marosimi yakunlandi.

Yilning eng yaxshi filmi Tomas Makkarti rejissyorligidagi «Diqqat markazida» kartinasi bo‘ldi.

Alexandro Gonsales Inyarratu esa «Eng yaxshi rejissyorlik ishi» bo‘yicha «Omon qolgan» filmi uchun «Oskar»bilan taqdirlandi.

Leonardo Di Kaprio ham «Omon qolgan» filmidagi ishtiroki uchun uzoq kutilgan «Oskar» mukofotiga ega bo‘ldi.

Bri Larson «Xona» filmi uchun «Oskar»ga sazovor bo‘ldi.

Mark Reylens («Ayg‘oqchi ko‘prigi») va Alisiya Vikander («Daniyalik qiz») ikkinchi darajali eng yaxshi erkak va ayol rollari bo‘yicha «Oskar»ga ega bo‘lishdi.

«Mashinadan filmi» vizual effektlar uchun «Oskar» oldi.

«Telba Maks: G‘azab yo‘li» filmi «Eng yaxshi liboslar dizayni», «Eng yaxshi grim va soch turmagi», «Eng yaxshi postanovkachi rassom», «Eng yaxshi tovush», «Eng yaxshi tovush montaji» va «Eng yaxshi montaj» yo‘nalishlarida g‘olib bo‘ldi.

Morrikone «Jirkanch sakkizlik» filmidagi musiqa uchun «Oskar»ni qo‘lga kiritdi.

«Xorij tilidagi eng yaxshi film» nominatsiyasida «Saulning o‘g‘li» filmi «Oskar»ga ega bo‘ldi.

«Boshqotirma» eng yaxshi animatsion film, «Ayiq tarixi» esa eng yaxshi qisqa metrajli animatsion film deb tan olindi.

Operatorlik ishi bo‘yicha "Omon qolgan" filmi uchun «Oskar»ga Emmanuel Lyubetski loyiq deb topildi.

"Emi" "Eng yaxshi hujjatli film" sifatida "Oskar" oldi

Bundan tashqari, «Diqqat markazida» («Eng yaxshi soddalashtirilgan ssenariy»), «Spectre» («Eng yaxshi qo‘shiq»), «Soqov» («Eng yaxshi qisqa metrajli film») filmlari ham «Oskar» mukofotlarini qo‘lga kiritdi.

Top