10:56 / 29.02.2016
10068

TATU Nukus filialida bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi o‘tkazildi

O‘tkazilgan bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mehnat vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi boshqarmasi, Nukus shahar xokimligi rahbar va mutaxassislari ishtirok etishdi.

Yarmarka Nukus shahar bandlikka ko‘maklashish markazi hamda TATUning Nukus filiali hamkorligida o‘tkazildi.

Bo‘sh ish yarmarkasiga 73 ta korxona va tashkilotlar Nukus shahri, va tumanlaridagi 281 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashdi.

Jumladan, soha korxonalaridan «O‘zbektelekom» AK Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali 9 ta, Qoraqalpog‘iston Respublikasi «Matbuot tarqatuvchi shub'a korxonasi» 1 ta, AT «Alokabank» Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali 1 ta, TATU Nukus filiali 1 ta bush o‘rinlari jami 12 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashdi.

Sohaga biriktirilgan Nukus kompyuter va axborot texnologiyalari, Xujayli aloqa, Kegayli qurilish va axborot texnologiyalari KXK va TATU Nukus filialining bitiruvchilaridan 400 dan ortiq hamda Nukus shaxrida joylashgan boshqa kasb-xunar kollejlardan 150 dan ortiq bitiruvchilar, ja'mi 550 dan ortiq fuqarolar yarmarkada ishtirok etishdi.

Soha korxonalari tomonidan taklif etilgan bo‘sh ish o‘rinlari bilan biriktirilgan kasb-xunar kollej bitiruvchilarining 3 nafari bilan uch tomonlama shartnomalari, va 2 ta nafari yo‘llanma bilan shartnomalari imzolandi.

Top