18:32 / 29.02.2016
3202

«Ucell-Quvonch Makoni» Navoiy shahrida!

2016 yilning 29 fevral kuni Navoiy shahrida joylashgan mahallalardan birida Ucell Kompaniyasining navbatdagi bolalar o‘yingohining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ochilish marosimi kompaniya rahbariyati, shahar va viloyatdan tashrif buyurgan mehmonlar va tadbir sababchilari – bolalar ishtirokida bo‘lib o‘tdi. Iste'dodli bolalar guruhlarining yorqin raqslari, ertak qahramonlari bilan bo‘lib o‘tgan tanlovlar Navoiy shahar aholisining qalbiga muhrlandi. 


2015 yilning yoz oyida Ucell Kompaniyasi respublika bo‘ylab 13 ta bolalar o‘yingohi qurishni rejalashtirayotganligini bildirgan edi. Bugungi kunda kompaniya ko‘p qirrali ijtimoiy faoliyatni olib bormoqda. Faoliyat o‘z ichiga ta'lim, sog'liqni saqlash va sportni qo‘llab-quvvatlashni olgan. Bular orasida «Ucell- Quvonch Makoni» tashabbusi alohida ahamiyatga ega. 2015 yilda ushbu loyiha doirasida – Farg'ona, Qarshi, Buxoro, Urganch, Nukus, Samarqand, Jizzax, Guliston shaharlarida 8 ta bolalar maydonchalari qurib bitkazildi. 


Navbatdagi maydonchalar Andijon, Namangan, Surxondaryo viloyatlari va Toshkent shahrida qurilishi rejalashtirilgan. Kompaniya loyihani amalga oshirishda o‘z yordamini ayamagan Informatsion Texnologiyalar va Aloqalarni rivojlantirish Vazirligi, viloyat va shahar hokimliklari hamda ushbu loyihada ishtirok etgan joylardagi istiqomat qiluvchi aholiga o‘z minnatdorchiligini bildiradi.

Reklama huquqlari asosida.

Top