10:48 / 29.02.2016
5011

Van Gaal: «Hakam oldida yiqilganimda men nohaq edim va buning uchun uzr so‘rayman»

Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi bosh murabbiyi Lui van Gaal Angliya premer-ligasining «Arsenal»ga qarshi uchrashuvi (3:2) paytida hakamlar yonida yiqilib tomosha ko‘rsatgani borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

«Bu ortqicha harakat bo‘ldi. O‘sha paytda menda kuchli ehtiros bor edi. Hakamga, laynesmenlarga va to‘rtinchi hakamlarga o‘zini bu kabi tutish yaramaydi.

Zaxira o‘rindig‘ida o‘tirganimda — meni tanqid qilishadi, u yerdan tursam ham – yomonman! Biroq , kechagi holatda men nohaq edim va buning uchun uzr so‘rashim kerak.

Bu muxlislarga yoqib tushdimi? Okey, ammo ular ko‘p holatlarga oqilona yondashaverishmaydi», – deya ta'kidladi van Gaal.

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Van Gal hakam oldida yiqilib berdi

Top