18:45 / 01.03.2016
2484

DS markasi 402 quvvatli elektrokupeni taqdim etdi

Citroen kompaniyasining DS markasi 402 quvvatli elektr kontsept kari — E-Tence’ni taqdim etdi. Kupening ilk namoyishi mart oyi boshida Jyenevada o‘tkaziladigan avtosalonda bo‘lib o‘tadi.

Prototipning umumiy uzunligi 4,12 metr, eni – 2,08 metr, balandligi esa 1,29 metrni tashkil etadi. Sportkar old va orqa tarafdan ikki tirkamali podveskalar bilan ta'minlangan.

Ushbu yangi mashina elektr agregat bilan boyitilgan bo‘lib, u 402 ot kuchini bera oladi. Dvigatel majmuadagi litiy-ionli batareyadan quvvat oladi. DS E-Tence yuz kilometr tezlikka to‘rt soniyada chiqishga muvaffaq bo‘ladi. Uning maksimal tezligi soatiga 250 km. ni tashkil etadi.

Prototipni 2014 yil Parij avtosalonida namoyish etilgan Citroen Divine DS xetchbeki uslubida shakllantirishdi. Bundan tashqari, prototipning orqa dizaynerlik yechimlari 1955 yilda ishlab chiqarilgan Citroen DS mashinasidan olingan.

DS E-Tence kupesi LED chiroqlar bilan ta'minlangan bo‘lib, ular 180 daraja burchakda joylashtirilgan. Aytishlaricha mazkur texnologiyadan kelgusi ishlab chiqariluvchi avtomobillarda foydalaniladi.

Top