08:16 / 01.03.2016
3551

Google’ning haydovchisiz avtomobili birinchi marta yo‘l-transport hodisasi aybdoriga aylandi

Kaliforniyadagi Silikon vodiysida Google kompaniyasining haydovchisiz avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi. Yo‘l-transport hodisasi haqidagi xabar Kaliforniya avtotransport departamenti saytida chop etildi.

Xabarda aytilishicha, Lexus AV haydovchisiz mashinasi chorrahadagi trotuarda yotgan qum solingan qoplarni aylanib o‘tayotganda, qo‘shni polosada harakatlanayotgan avtobus Google mashinasini yon tomoni bilan urib yuborgan. Avtobus 24 km/soat tezlik bilan, haydovchisiz mashina esa 3 km/soat bilan harakatlanayotgan bo‘lgan.

Ta'kidlanishicha, bu yo‘l-transport hodisasi yo‘l harakati ishtirokchilari bir-birlarini tushunmagan vaziyatga klassik misol bo‘ldi. Haydovchisiz mashina rulida o‘tirgan Google’ning sinov haydovchisi avtobus avtomobilni qo‘yib yuboradi deb o‘ylagan va shuning uchun o‘ziga boshqaruvni olmagan. Baxtli tasodif, to‘qnashuvda hech kim jabrlanmagan, avtobus kichik shikast olgan.

Google ushbu YTH uchun javobgarlikni qisman o‘z zimmasiga oldi. Kompaniyada aytilishcha, agar avtomobil joyida turganda to‘qnashuv sodir bo‘lmasligi ham mumkin edi. Shu sababli kompaniya o‘zining haydovchisiz avtomobillari dasturiy ta'minotiga tegishli tuzatishlarni kiritishga va'da berdi.

Top