10:04 / 01.03.2016
3082

«Palermo» prezidenti: «Infantino shayxga qaraganda ko‘proq ovoz sotib olgani uchun FIFA prezidentiga aylandi»

«Palermo» prezidenti Mauritsio Dzamparini Janni Infantinoning FIFA prezidentligi uchun saylovda g‘alaba qilganiga o‘ziga xos tarzda munosabat bildirdi.

«Bundan keyin ham FIFAdagi vaziyat o‘zgarmaydi, qog‘ozbozlarning kattasi Infantino hisoblanadi, u shu vaqtgacha amalda bo‘lib kelgan tizimning bir qismidir.

Agar uni saylashgan ekan, demak, u shunchaki shayxdan ko‘ra ko‘proq odamni sotib olgan. Umid qilamanki, meni bu so‘zlarim uchun futboldan chetlatishadi. Shunday bo‘lgani ham yaxshi», – deydi Dzamparini.

Top