11:30 / 01.03.2016
2950

Pol Merson: «Agar «Arsenal» emas «Lester» yoki «Tottenhem» chempion bo‘lsa, Venger iste'fo berishi kerak»

«Arsenal» jamoasining sobiq futbolchisi, hozirda tahlilchi sifatida faoliyat yuritayotgan Pol Mersonning fikriga ko‘ra, londonliklar bosh murabbiyi Arsen Venger agar bu mavsumda chempionlikni «Lester» yoki «Tottenhem»ga boy bergudek bo‘lsa o‘z lavozimida qolmasligi kerak.

«Agar «Arsenal» o‘zi yoki «Manchester Siti» chempion bo‘lmasdan, Londonning boshqa jamoasi «Tottenhem» yoki odatda turnirda autsayder hisoblanadigan «Lester» chempionlikka erishsa, unda Venger ketishi kerak bo‘ladi. Agar sen mavsum avvalida jamoani kuchaytirishga hojat yo‘qligini aytsang, keyin chempionlikni «Lester» yoki «Tottenhem»ga boy bersang, o‘zingni oqlashning yo‘li bo‘lmaydi.

Agar chempionlik «Siti»ga nasib etsa, buni tushunsa bo‘ladi. Bu jamoaning puli ko‘p va transferlarda faol harakat qiladi. Mobodo, «Lester» titulga ega chiqadigan bo‘lsa, bilmayman Vengerga qolishi uchun kim yordam beradi. U o‘zi jamoani kuchaytirishni istamayaptimi? Shunda ham uni o‘z o‘rnida qoldirish kerakmi?», – deydi Merson.

Top