14:40 / 01.03.2016
18376

Uy-joy-kommunal to‘lovlari bo‘yicha qarzdorlar ro‘yxati e'lon qilindi

Toshkent shahar hokimligining rasmiy saytida suv, elektr, gaz va maishiy chiqindilar uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirmagan, qarzdorligi ortib ketgan fuqarolar ro‘yxati e'lon qilindi.

“Toshkent shahar “Suvsoz” DUK ichimlik va oqava suv xizmatlarini muntazam yetkazib bergan holda iste'molchilarga xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Aholiga iste'mol qilingan ichimlik suvi va foydalanilgan oqava suv xizmatlari uchun to‘lovlarni kechiktirmasdan o‘z vaqtida amalga oshirish talabi qo‘yilgan. Lekin, aholi o‘rtasida o‘z majburiyatlarini bajarmay, unga sovuqqonlik bilan qarayotganlar ham topiladi”,—deydi “Suvsoz” DUK boshqaruvchisi o‘rinbosari Sh.Egamberdiyev.

Manbada shahardagi imkoniyat bo‘la turib, yillab to‘lov qilmagan bepisand fuqarolar borligi haqida yoziladi. Mazkur ro‘yxatda 300 ming so‘mdan tortib, 4 million 800 ming so‘mgacha qarzi bor fuqarolar ham qayd etilgan.

“Xalqimizda “Insof sari baraka” degan naql bejiz aytilmagan. Shunday ekan, qarzdorlarga insof bersin”, deyiladi manbada.

To‘liq matn bilan ushbu manbada tanishish mumkin.

Top