10:52 / 02.03.2016
7925

AQShda «superseshanba»ning ilk natijalari ma'lum bo‘ldi

AQShda praymeriz natijalariga ko‘ra, prezidentlik uchun Hillari Klinton va Donald Tramp kurashishi oydinlashdi.

1 mart kuni «superseshanba» doirasida bir yo‘la 11 shtatda saylovlar o‘tkazildi.

Milliarder-respublikachi Donald Tramp ekzit-pollarga ko‘ra, Jorjiya, Vermont, Virjiniya, Alabama, Massachusets, Tennesi va Arkanzas shtatlarida g‘olib bo‘ldi. Uning raqiblaridan biri Ted Kruzni Oklahoma va Texasda qo‘llab-quvvatlashgan. Yana bir respublikachi Marko Rubio esa faqat Minnesotada ustunlik qilgan.

Demokratlar o‘rtasida esa Hillari Klinton raqibi Sandersni ortda qoldirdi. Uni Jorjiya, Virjiniya, Alabama, Tennessi, Arkanzas, Massachusets va Texasda ko‘proq saylovchilar qo‘llashgan. Berni Sanders esa Vermont, Oklahoma, Minnesota va Kolaradoda ustunlik qilgan.

Alyaskadagi kokus (yopiq partiya yig‘ini) natijalari esa hali ma'lum emas.

Keyingi dam olish kunlarida yana to‘rt shtat ovoz beradi.

Top