18:52 / 02.03.2016
2806

YeI Yanukovichga qarshi sanksiya muddatini uzaytirdi

Yevropa Ittifoqi Ukrainaning sobiq prezidenti Viktor Yanukovichga nisbatan sanksiya muddatini uzaytirish bo‘yicha qaror qabul qildi. Bu haqda "112 Ukraina" xabar tarqatgan.

Bundan tashqari, bu qaror Yanukovich atrofida bo‘lgan 15 nafar amaldorga ham tegishli bo‘lishi aytilgan.

"YeI davlatlari elchilari Yanukovich va uning 15 nafar mulozimi bank hisoblarini muzlatib qo‘yish muhlatini uzaytirishga qaror qilishdi", deya yozadi tvitterda jurnalist Rikard Yozvyak.

Aniqlik kiritilishicha, bu qaror matni 5 mart kuni YeIning rasmiy nashrida e'lon qilinadi.

Top