22:05 / 02.03.2016
5208

Google neyron tarmoqlar yordamida chizilgan suratlarni minglab dollarlarga sotdi

Google kompaniyasi San-Frantsiskodagi auksionda neyron tarmoqlar yordamida yaratilgan 29 ta surat sotdi. Bu haqda Wall Street Journal nashri ma'lum qildi.

Har bir asosiy surat sotilganidan olingan tushum 2,5 ming dollardan 8 ming dollargachani tashkil qilgan. Suratlar san'at va texnologiyalarni ilgari surish bilan shug‘ullanuvchi Gray Area Foundation For the Arts tashilotiga tekkan. Suratlardan eng katta o‘lchamdagi 6 suratning har biri xaridorlarga 8 ming dollardan sotilgan.

Auktsionga tashrif buyurganlar bunday san'atga qiziqish bildirishdi. Misol uchun, Amazon kompaniyasi dasturchisi bunday suratlarni qanday qilib yaratish mumkinligini bilish uchun ko‘rgazmaga kelganini aytgan. Bu suratlar dasturchini nafaqat chizilishi texnologiyasi bilan, balki o‘zining go‘zalligi bilan hayratlantirgan.

Dastlab Google kompaniyasi Deep Dream neyron tarmoqlari algoritmini fotosuratlardagi obektlarni tanish uchun ishlab chiqqan. Biroq keyin mutaxassislar Deep Dream sozlanmalarini o‘zgartirishdi va bu undan o‘tkazilgan obektlarga dengiz, o‘rmon, qasr yoki itning kerakli muhandislik shakliga ega bo‘lishga imkon bergan.

Rassom-dasturchilar o‘z suratlariga obekt shaklini yaratish, uning o‘lchamini o‘zgartirish, o‘z e'tiborini suratlardan biriga qaratib, biror nomdor rassomning surat chizish texnikasiga taqlid qilishga imkon beruvchi 4 ta texnologiyani qo‘llashgan.

Neyron tarmoqlar bu o‘zi o‘rganuvchi tizimlardir. U nafaqat berilgan algoritm va formulalar bo‘yicha, balki avvalgi tajriba asosida ham ishlaydi.

Top