17:26 / 02.03.2016
7987

OAV: Peres Zidanning o‘rniga kimni olib kelishni hal qildi

Madridning «Real» klubi jamoaga «Yuventus» bosh murabbiyi Massimiliano Allegrini amaldagi bosh murabbiy Zinedin Zidan o‘rniga taklif qilishni rejalashtirmoqda, deya xabar beradi La Gazzetta dello Sport.

Manbaga ko‘ra, «qaymoqranglilar» rahbariyati jamoaning Ispaniya chempionatidagi «Atletiko»ga qarshi uchrashuvdagi mag‘lubiyatdan (0:1) keyin fransuzga bo‘lgan ishonchini yo‘qotgan. Hozirda «Qirollik klubi» peshqadam «Barselona»dan 12 ochkoga ortda qolmoqda.

«Real»ning so‘nggi umidi Chempionlar Ligasida muvaffaqiyatli qatnashish bo‘lib qolmoqda. Agar jamoa yevrokuboklardan ham erta chiqib ketadigan bo‘lsa, Florentino Peres Allegrini Zidanning o‘rniga taklif qilishni mo‘ljallagan.

OAV: Peres Zidanning o‘rniga boshqa murabbiy topib qo‘ydi

Top