15:51 / 02.03.2016
16673

Sud 4 yoshli go‘dak qotilligida gumon qilingan Gulchehra Boboqulovani 2 oy muddatga hibsga oldi

Moskva sudi o‘z qaramog‘idagi 4 yoshli qizchani o‘ldirganlikda gumon qilinib, qo‘lga olingan o‘zbekistonlik enagani hibsga olish haqida qaror chiqargan.

Qayd etilishicha, Gulchehra Boboqulova 29 aprelgacha hibs qilingan.

Bundan oldinroq, Tergov qo‘mitasi qotillikda gumon qilinayotgan ushbu ayol o‘zgalarning qutqusi bo‘yicha jinoyat sodir etgani haqida ma'lum qilgandi.

Tergov qo‘mitasi 4 mart kuni Boboqulovaga qotillik ayblovini e'lon qilishi rejalashtirilgan.

Guvohlarning ko‘rsatmalari va dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, qotillik 29 fevral kuni Moskva shimoli-g‘arbida sodir etildi. Enaga 4 yashar qizchaning ota-onasi uydan chiqib ketishini kutib turgan va shundan so‘ng qizchaning kallasini kesib olib, kvartiraga o‘t qo‘ygan. Telbanamo ahvolda ko‘chaga chiqib ketgan Boboqulova «Oktyabrskoye Pole» metro bekati oldida politsiya xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

RIA Novosti agentligi xabarida e'lon qilingan so‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, vahshiylarcha qotillikda gumon qilinayotgan O‘zbekiston fuqarosi Gulchehra Boboqulova, Rossiyada vaqtiligida Tojikiston fuqarosi bilan yashagan. Ularning 3 nafar farzandi borligi aytilgan.

Top