20:28 / 03.03.2016
11444

Bangkokda dinozavr olib ketayotgan yuk mashinasi tirbandlikda qolib ketdi

Tailand poytaxti Bangkokda tirannozavr olib ketayotgan yuk mashinasi tirbandlikda qolib ketdi, deb xabar bermoqda ushbu holat tasvirlangan videoga iqtibos keltirgan holda Asian Correspondent portali.

Ushbu voqea 29 fevralda yuz bergan. Videoda tirannozavrning qimirlayotgani, og‘zini ochayotgani va o‘kirayotganini ko‘rish mumkin. Yon atrofdagilar to‘planib, uni suratga va videoga ola boshlaganlar.

Portal ma'lumotlariga ko‘ra, bu ulkan mahluq 18 martda Bangkokda ochiladigan "Dinozavrlar sayyorasi" tematik bog‘iga olib ketilayotgan tirannozavr nusxasi bo‘lgan.

Tirannozavr bu bog‘ga o‘rnatiladigan 200 ta avtomatlashtirilgan dinozavrlardan biri bo‘ladi.

 

น่ากลัวสัส!

Opublikovano สัตว์โลกอมตีน 2 marta 2016 g.
Top