07:50 / 03.03.2016
2302

Braziliyaning Samarco kompaniyasi to‘g‘on yorilishidan ko‘rilgan zarar uchun 6,2 mlrd dollar to‘laydigan bo‘ldi

Braziliyaning Samarco kompaniyasi to‘g‘on yorilishidan ko‘rilgan zarar uchun 6,2 mlrd dollar to‘laydigan bo‘ldi

Braziliyaning tog‘-kon qazilma ishlari olib boruvchi Samarco kompaniyasi o‘tgan yilning noyabrida ikkita to‘g‘onning yorilishidan ko‘rilgan ziyon uchun mamlakat hukumatiga 24 mlrd real (6,2 mlrd dolllar) tovon puli to‘lashga rozi bo‘ldi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.  

Bu haqda Braziliya atrof-muhitni muhofaza qilish vazirligida ma'lum qilindi. Kompaniya Vale SA va Britaniyaning BHP Billiton kompaniyalarining qo‘shma korxonasi hisoblanadi.

Ta'kidlanishicha, Samarco davlat jamg‘armasiga 2018 yilgacha suvni tozalash operatsiyasi uchun 4,4 mlrd real to‘lashi kerak.

Avvalroq Braziliya sudi Minas-Jyerays shtatidagi ikkita to‘g‘onning yorilishi sababli dunyodagi eng yirik tog‘-kon qazilma ishlari olib boruvchi kompaniya BHP Billiton’ning aktivlarini muzlatishga qaror qilgandi.

Top