09:19 / 03.03.2016
3410

Italiya Kubogi 1/2 final. «Yuventus» penaltilar seriyasida «Inter»dan ustun kelib, finalga chiqdi

Italiya Kubogi yarim final javob o‘yinida "Inter" va "Yuventus" o‘zaro bahs olib borishdi. Javob o‘yinining asosiy vaqtida milanliklarning 3:0 hisobidagi g‘alabasi qayd etildi.

Dastlabki o‘yinda turikliklar ham 3:0 hisobida zafar quchgani uchun jamoalar qo‘shimcha bo‘limlarda bahslashishdi. Qo‘shimcha taymlarda ham g‘olib aniqlanmagach, hakam jamoalarni penaltilar seriyasiga taklif etdi. "Futbol lotereyasi"da "Yuventus"ga omad kulib boqdi.

Endi, 21 may kuni o‘tadigan final bahsida "Yuventus" "Milan"ga qarshi maydonga chiqadi.

Italiya Kubogi. 1/2 final, javob o‘yini

Inter – Yuventus - 3:0 (Dastlabki o‘yin: 0:3)
Gollar: Brozovich, 16, 82 (pen), Perishich, 49
Inter: Karriso, D`Ambrozio, Nagatomo, Santon, Jyezus, Kondogbia (Biabiani, 46), Medel, Perishich, Brozovich, Lyayich (Palasio, 75), Eder (Manay, 113).
Yuventus: Neto, Rugani, Aleks Sandro, Lixtshtayner (Bardzali, 55), Bonuchchi, Kuadrado, Ernanes (Lemina, 71), Sturaro, Asamoa (Pogba, 86), Dzadza, Morata.
Ogohlantirishlar: Jyezus, D`Ambrozio, Perishich, Eder, Santon - Sturaro, Bonuchchi, Kuadrado, Lemina, Pogba, Dzadza
Penaltilar seriyasi - 3:5
Aniq zarbalar: Brozovich, Manay, Nagatomo - Bardzali, Dzadza, Morata, Pogba, Bonuchchi
Noaniq zarba: Palasio

Top