Madridning "Real" klubi himoyachisi Marselo va yarimhimoyachisi Luka Modrich umumiy guruh bilan mashg‘ulotlarga qaytdilar.
Braziliyalik jarohati tufayli "Atletiko" va "Levante"ga qarshi o‘yinlarni o‘tkazib yubordi, xorvatiyalik esa faqatgina "Levante"ga qarshi uchrashuvda ishtirok eta olmadi.