14:22 / 03.03.2016
4652

Noma'lum ayollar Istanbulda politsiya mahkamasiga granatalar bilan hujum uyushtirishdi

Shaxsi noma'lum 2 ayol Istanbul shahridagi Bayramposho tumanida joylashgan politsiya mahkamasiga granatalar va to‘pponchalar bilan qurollangan holda bostirib kirgan. Bu haqda NTV telekanali xabar bergan.

Xabarda aytilishicha, ayni vaqtda hujum qiluvchilar binolardan biriga o‘rnashib olgan.

Ularni bartaraf etish uchun amaliyot boshlangan va politsiyachilar ular joylashgan binoni qamal qilishga tayyorlanmoqda.

Top