15:55 / 03.03.2016
8286

Obama Rossiyaga qo‘llangan sanksiyalarni bekor qilmoqchi emas

3 martga o‘tar kechasi AQSh prezidenti Barak Obama Rossiyaga qarshi qo‘llangan sanksiyalarni yana bir yilga uzaytirgani xususidagi hujjat e'lon qilindi.

Barak Obama boshqaruv muddati nihoyasiga yetmaguncha AQSh Rossiyaga qo‘llagan sanksiyalarini bekor qilmaydi. Bu AQSh prezidentining rasmiy saytida belgilab qo‘yilgan.

Yevropa ittifoqining bir necha davlatlari esa Rossiyaga qarshi qo‘llangan iqtisodiy cheklovlarni bekor qilishga moyil bo‘lib turibdilar, deb xabar beradi Gazeta.ru.

“Rossiya Federatsiyasi hukumatining Ukrainaga munosabati Ukraina demokratik jarayoniga xalal bermoqda, jahon xavfsizligi va hududiy yaxlitligiga tahdid solmoqda”,- dedi Obama sanksiyani cho‘zganiga izoh berib.

Amaldagi sanksiya rejimi 2014 yil Qrim RF tarkibiga qo‘shilgandan keyin qo‘llangan va uning muddati 6 mart kuni nihoyasiga yetishi lozim edi. Endi sanksiyani bekor qilish to‘g‘risida AQShning keyingi prezidenti ma'muriyati muhokama qiladi.

Top